Kishore Kumar Hits

Konsta - Seni Sevaman текст песни

Исполнитель: Konsta

альбом: Seni Sevaman


Seni sevaman sevmagandek xechkim
Lekin muzladim bag'ringda isinay sal
Juda qiyin lekin sendan kelmaydi kechgim
Aytgin nega buncha sabrimni sinaysan?
Aytgin nahotki senga kerakmasmi hech qancha?
Axir so'zlaringda sen ham sevasanku?!
Insonlar ketar, sevgisidan kechgancha
Va qiynalib sog'inchlarda mangu
Seni sevaman, seni darding meniki
Menikini esa aytchi kim o'ylar?
Qolishim kerak bo'lsa tanlab seni lekin
Ketishim kerak kelajagimni o'ylab.
Yaxshi yangiliklar ayt menga iltimos
Menga umid ber, men umrimni beray
Sevishingni ayt, faqat tildamas
Ishonch qolmayabti, lekin men urinib ko'ray!
Seni sevaman, xuddi parishon
Lekin bu sevgini aslo ko'rmagin oson
Juda ham sovuq bu yerlar ishon
Sevgidan isinmayapti tomirlarda qon
Seni sevaman xuddi parishon
Lekin bu sevgini aslo ko'rmagin oson
Juda ham sovuq bu yerlar ishon
Ayt menga sen ham meni sevasan qachon?
Sensiz menga qiyin
Sen bilan qiyinroq
Balki o'zgararsan
Sen ham keyinroq
Sen bilan qimmat
Sensiz hayot arzon
Balki tugar zulmat
Chiroqlarni yoqarsan
Seni sevaman, xuddi parishon
Lekin bu sevgini aslo ko'rmagin oson
Juda ham sovuq bu yerlar ishon
Sevgidan isinmayapti tomirlarda qon
Seni sevaman, xuddi parishon
Lekin bu sevgini aslo ko'rmagin oson
Juda ham sovuq bu yerlar ishon
Ayt menga sen ham meni sevasan qachon?

Поcмотреть все песни артиста

Другие альбомы исполнителя

Похожие исполнители

Uzmir

Исполнитель

Ummon

Исполнитель

Massa

Исполнитель