O'n beshinchi qavatdaman Boqaman derazamdan to'g'riga Bir qo'limda qora qahva Birida sening surating Shahar uyquga ketmoqda yana Chorraxalarda o'chadi chiroq Men turgan binoga bir bor qara Faqat mening xonam yonib turar Ko'zlaringni sog'inaman yiroqdan Lek, zo'rg'a ko'rinadi jisming So'zlaringni sog'inaman uzoqdan Lek, shahar shovqini jim turar Sen nega yashaysan meni ro'paramda? Ro'paramdagi baland binoda? Ko'rgim kelar ko'zlaring Sog'inganman hidlaring Zo'rg'a ko'rinar jisming Sen nega yashaysan meni ro'paramda? Ro'paramdagi baland binoda? Ko'rgim kelar ko'zlaring Sog'inganman hidlaring Zo'rg'a ko'rinar jisming O'n to'rtinchi qavatdasan Onda-sonda ko'z tashlab o'tasan Xonangda yopilgan parda Soyang yashar ro'paramda Sog'inganman nigohlaring Shamol olib kelsin hidlaring Men turgan binoga bir bor qara Faqat mening xonam yonib turar Taqdir olib qo'ydi seni mendan "Yo'q" dedi hatto uydagilaring ham Biz yashaymiz bir biriga qaragan binoda Sen u yoqda, men bu yoqda Yor, tez-tez ko'z tashlab turgin men tomonga Sog'inchlarim cho'ktirmoqda asta armonga Shahar uyquga ketib bo'ldi, faqat sen bilan men Boqamiz uzoqdan bir birimizga Ko'zlaringni sog'inaman yiroqdan Lek, zo'rg'a ko'rinadi jisming So'zlaringni sog'inaman uzoqdan Lek, shahar shovqini jim turar Sen nega yashaysan meni ro'paramda? Ro'paramdagi baland binoda? Ko'rgim kelar ko'zlaring Sog'inganman hidlaring Zo'rg'a ko'rinar jisming Sen nega yashaysan meni ro'paramda? Ro'paramdagi baland binoda? Ko'rgim kelar ko'zlaring Sog'inganman hidlaring Zo'rg'a ko'rinar jisming