Biz birga o'sdik, hatto bir zumga ham ajralmas edik ikkimiz Opa-singil – sho'x, sirlashib, quvnoq, baxtli o'tdi yoshligimiz Mana bugun sen oq libosni kiyib kelin bo'lding – kuzatamiz Kim o'ylabdi, tez o'tarkan yillar, sensiz huvillar uyimiz Xayr, opajonim, endi o'zga uyda qalbing, ko'zlaring hech bo'lmasin nam Xayr, opajonim, sevimli yor bo'lgin, bo'lsin baxting tillodan Onam yig'laydi bosib bag'riga, o'zgalarga o'rganar qanday? Otam jilmayar, qo'li ko'ksida, achchiq ko'z yoshini bildirmay Xayr, opajonim, endi o'zga uyda qalbing, ko'zlaring hech bo'lmasin nam Xayr, opajonim, sevimli yor bo'lgin, bo'lsin baxting tillodan Xayr, opajonim, endi o'zga uyda qalbing, ko'zlaring hech bo'lmasin nam Xayr, opajonim, sevimli yor bo'lgin, bo'lsin baxting tillodan