Dovonlar osha o'zib g'animlar kelar to'zib Qilichdan o'tib har jon, ariqlardan oqdi qon Tinch yering bo'ldi vayron, yovlarga to'ldi har yon Tinchlik bermadi senga xalqning ohu-fig'oni Qaddingni bukmay bording elimning mard o'g'loni Kurashding g'anim bilan chiqquncha qora joni Olishding g'anim bilan chiqquncha qora joni Bor, begunoh xalqing faryodi, azobli go'dak nolasi Bor, sen uchun qalqon bo'lguvchi zabardast farzandlaring bor Bor, ona tuprog'ing bag'rida asrlar uzra beg'ubor Ajdodlar ruhi madadkor, zafar senga bo'ldi yor Tomiringdan oqadi sadoqat, vafo qoni Qalbingdan o'chmas sening xo'rlangan ayol dodi Adovating bor sening, sendan xalqing umidi Mangu zulmatga ketar ayanch, qayg'uli kunlar Batamom o'tmas endi, biz tomon vaxshiy yovlar Tabarruk ona yerim bag'rida yayrar elim Tabarruk ona yerim bag'rida yayrar elim Bor, begunoh xalqing faryodi, azobli go'dak nolasi Bor, sen uchun qalqon bo'lguvchi zabardast farzandlaring bor Bor, ona tuprog'ing bag'rida asrlar uzra beg'ubor Ajdodlar ruhi madadkor, zafar senga bo'ldi yor Bor, begunoh xalqing faryodi, azobli go'dak nolasi Bor, sen uchun qalqon bo'lguvchi zabardast farzandlaring bor Bor, ona tuprog'ing bag'rida asrlar uzra beg'ubor Ajdodlar ruhi madadkor, zafar senga bo'ldi yor Zabardast farzandlaring bor!