Kishore Kumar Hits

Nasiba Abdullayeva - Ko'rgim Kelar текст песни

Исполнитель: Nasiba Abdullayeva

альбом: To'plam 1


Bog'dagi gul bo'yin olgim keladi,
Olgim keladi.
Osmonda oy bo'lib qolgim keladi,
Qolgim keladi.
Tunu kun men o'zim, yorim, dilingni,
Yorim, dilingni,
Yoritgan nur bo'lib qolgim keladi,
Qolgim keladi.
Seni ko'rgim kelar,
Yoningda bo'lgim kelar,
Men sening yuragingga
Aylanib qolgim kelar.
Ko'klamim yoz etsang, ko'ngil to'larmu,
Ko'ngil to'larmu,
Sog'inchni oz etsang, hijron o'larmu,
Hijron o'larmu,
Bo'lsangu yonimda, dardim bilmasang,
Dardim bilmasang,
Sevgimiz biz uchun armon bo'larmu,
Armon bo'larmu?
Seni ko'rgim kelar,
Yoningda bo'lgim kelar,
Men sening yuragingga
Aylanib qolgim kelar.
Yashagim keladi sening ko'zingda,
Sening ko'zingda,
Bor bo'lgim keladi aytgan so'zingda,
Aytgan so'zingda,
Baxtimiz g'unchasi yuzin ocharmu,
Yuzin ocharmu,
Sen kelsang men tomon bosgan izingda,
Bosgan izingda.
Seni ko'rgim kelar,
Yoningda bo'lgim kelar,
Men sening yuragingga
Aylanib qolgim kelar.

Поcмотреть все песни артиста

Другие альбомы исполнителя

Похожие исполнители

Yalla

Исполнитель