Kishore Kumar Hits

Sevara Nazarkhan - Sen текст песни

Исполнитель: Sevara Nazarkhan

альбом: Sen


Netay, sog'lar ichra xastadur bu jon,
Sevgisiz umrga qoldi dog' inib.
Tun bo'yi qalbimni qiynadi armon,
Tun bo'yi yig'ladim, seni sog'inib.
Qaydadur sargardon bizning baxt,
Seni sevardim-ku, sevgilim, jondan.
Bahorda gullari to'kilgan daraxt
Yana meni kutsin, ayt, qahratonda.
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so'zingni eshitguncha to
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
Azizim, faqat sen yosh to'kma sira,
Men shirin damlardan nasiba oldim.
Hamon faxrdaman, shu hayot ichra,
Seni hayotdan ham ko'proq sevoldim.
Xayolan qaygadur yana shoshildim,
Dilda yal-yal yondi qizil gul unib.
Tun bo'yi bulbulga xiyonat qildim,
Tun bo'yi yig'ladim seni sog'inib.
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so'zingni eshitguncha to
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim...

Поcмотреть все песни артиста

Другие альбомы исполнителя

2019

2020 · альбом

Похожие исполнители

Yalla

Исполнитель

Lola

Исполнитель

Ummon

Исполнитель