Mana bugun maqsadlaringga yetding bir qara Olislardamiz bir-birimizdan uzoqda Chorasiz qirg'oqda qolgan yolg'iz insondek Turibman jim, yordam berolmas hechkim O'rtamizda endi masofa uzoq Va unda tuzoq bo'lib turibdi g'ururlarimiz Qayerlarda qoldi tuyg'ularimiz? O'rab oldi arqon bo'lib xasratlarimiz Axir bir esla birga bo'lgunimizgacha Bosib o'tgan edik qancha yo'llar, qancha qoyalar Ketdi zoyalar, shuncha harakatlarim Baxtga qolganida bir qadam, keldi ayriliq Shunchalar oson ajraldik ortga qayrilib Sog'inchlar yurakka kelar yana sanchilib Ko'z oldimdan ketmaydi men tomon yurib kelar eding Iforlaringga burkanib Yurak so'ramagin, bo'ldi Sensizlikga ko'ndi, ko'ndi, ko'ndi Ko'zlarim yig'lamagin, bo'ldi Sabr kosam to'ldi, to'ldi, to'ldi Qaytolmaymizku hech endi Sevgi faslimiz kuz endi Begona gulga qo'ndi, qo'ndi, qo'ndi Afsus qo'ndi, qo'ndi qo'ndi Nahotki baxtlisan yuribsan xotirjam Mening esa yuragimda armonlar bo'ldi jam Tunlari bedorman, o'ylab javob topolmadim savollarimga Sababchi bo'lib ketding savollarimga Bo'lishi mumkin emas, aqlimga sig'mas Yoningda bugun o'zga, men emas O'rnimni egallaydi hayot yo'lingda Balkim hamon borman dilingda O'ylamagandim bir kun kelib osongina besabab Voz kechib ketasan deb, o'zgani deb Sog'inchlarning olovi tobora alang olar Darz ketib ikkiga, baxtimiz so'nib borar Qayerlarda qolib ketdi biz qilgan orzular? Shunchaki sani olib ketdi soxta tuyg'ular Sani o'ylamaslikni yo'llarini izladim Lekin ming afsus, hech topa olmadim Yurak so'ramagin, bo'ldi Sensizlikga ko'ndi, ko'ndi, ko'ndi Ko'zlarim yig'lamagin, bo'ldi Sabr kosam to'ldi, to'ldi, to'ldi Qaytolmaymizku hech endi Sevgi faslimiz kuz endi Begona gulga qo'ndi, qo'ndi, qo'ndi Afsus qo'ndi, qo'ndi qo'ndi