Kishore Kumar Hits

Nilufar Usmonova - Barcha shodlik senga bo'lsin текст песни

Исполнитель: Nilufar Usmonova

альбом: Asraydi


Barcha shodlik senga bo'lsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.
Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay.
Barcha sog'lik senga bo'lsin,
Barcha bemorlik menga.
Senga bo'lsin barcha husnu,
Menga bo'lsin barcha ishq.
Kori xunxorlik menga-yu,
Mehri poydorlik menga.
Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin ber menga.
Senga bo'lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
Ol o'zing koshonalarni,
Menga qo'y mayxonani.
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.
Mayli ostonangda yotsam,
Mayli quvsang tosh otib.
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.
Sen shahanshoxlikni olgin,
Menga qullik bo'lsa bas.
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga.
Senga bo'lsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun.
Barcha gulshan senga bo'lsin,
Bor tikanzorlik menga.

Поcмотреть все песни артиста

Другие альбомы исполнителя

Похожие исполнители

Lola

Исполнитель

Imron

Исполнитель