Kishore Kumar Hits

Ziyoda - Unut текст песни

Исполнитель: Ziyoda

альбом: Unut


To'ydim yomon, yorim,
Yolg'on so'zlaringdan, bir qara.
Emas oson, axir
Yolg'on deya qalbimda yara.
Jonim ishon, sog'insam ham,
Bormayman men yolvora.
Unut endi, unut endi, unut...
Kuydim yomon, izlab imkon,
Sen yo'q manzil axtara.
Ketay qayon, yuragim qon,
Bo'lmay senga masxara.
Jonim ishon, o'chmas hamon
Sendan qolgan dil yara.
Unut endi, unut endi, unut...
Unut, unut, unut, unut, unut endi,
Jonim, sen ham mensizlikka ko'nik endi.
Sevgimizni ikkimiz uchun ham qadri
Yo'q, yo'q, yo'q, yo'q.
Unut, unut, unut, unut endi,
Jonim, sening hayotingda men yo'q endi,
So'ramagin, avvalgidek bo'lmas bari.
Yo'q!
Ayro yo'lim, ko'nmas dilim
Ayriliqning zarbiga.
Men ham sendek chidolmayman,
Ko'nolmayman bariga.
Biz shunchaki yetolmadik
Sevgimizning qadriga.
Unut endi, unut endi, unut...
Sen o'zgarding, men ham boshqa,
Oldingidek hech nima.
Majburlama, yuragingga
Avvalgidek sevgima.
Boshlangandi, etmay davom,
Topdi sevgi hotima.
Unut endi, unut endi, unut...
Unut, unut, unut, unut, unut endi,
Jonim, sen ham mensizlikka ko'nik endi.
Sevgimizni ikkimiz uchun ham qadri
Yo'q, yo'q, yo'q, yo'q.
Unut, unut, unut, unut endi,
Jonim, sening hayotingda men yo'q endi,
So'ramagin, avvalgidek bo'lmas bari.
Yo'q!

Поcмотреть все песни артиста

Другие альбомы исполнителя

Похожие исполнители

Yalla

Исполнитель

Ummon

Исполнитель

Afruz

Исполнитель