Kishore Kumar Hits

VIA Marokand - Alfa beta текст песни

Исполнитель: VIA Marokand

альбом: Hamma harakatda


(Parallelepi-ped-ped-ped)
(Parallelepi-ped-ped-ped)
Aylantirma gap,
Ortiqcha gaplarning vaqtincha qizig'i yo'q.
Siz tergan raqam, bu kompaniyada umuman yo'q.
Bu muhabbatning endi boshqacha ta'rifi yo'q,
Yo'q, yo'q deyaverasan-u,
Lekin nega yozasan javob?
O'zicha "macho", qo'lida "Vertu",
Rasmda juda istarali.
Sochlari ulama, kiprigi sun'iy,
Namuncha buncha dabdabali?
Rasmdagi menmas, u dugonam,
Dugonam emas, bir begona.
Qaysi biri "Rost", qaysi biri "Yolg'on",
Chalkash masalali.
Alfa-alfa, beta-beta,
Aylanali, chizmali.
Siz u burchakda, men bu burchakda,
Parallelmiz shunchalik.
Alfa-alfa, beta-beta,
Aylanali, chizmali.
Siz u burchakda, men bu burchakda,
Parallelmiz shunchalik.
(Parallelepiped)
(Parallelepiped)
Bitta savolga javob ololmadim, ishonarli,
Ayiruvmi, qo'shuvmi, maqsad, maqsad?
Kasr chizig'ining tepasidasiz,
Ostida kim?
Ma'lum, noma'lum, noma'lum hamma sirlarni,
Hammasini chetga surib,
O'zimiz, o'zimiz, o'zimiz uchun
Bir-birimizni sevib, rostdan sevib.
To'g'ri keladimi yo'qmi endi yulduzlarimiz,
Kimga foydayu-zarar berdi bizning sevgimiz?
Urishib-yarashib, yig'lab-ko'rishib,
Ashula aytib yuraveramiz.
Alfa-alfa, beta-beta,
Aylanali, chizmali.
Siz u burchakda, men bu burchakda,
Parallelmiz shunchalik.
Alfa-alfa, beta-beta,
Aylanali, chizmali.
Siz u burchakda, men bu burchakda,
Parallelmiz shunchalik.
(Parallelepiped)
(Parallelepiped)
Alfa-alfa, beta-beta,
Aylanali, chizmali.
Siz u burchakda, men bu burchakda,
Parallelmiz shunchalik.
Alfa-alfa, beta-beta,
Aylanali, chizmali.
Siz u burchakda, men bu burchakda,
Parallelmiz shunchalik.

Поcмотреть все песни артиста

Другие альбомы исполнителя

Похожие исполнители

Uzmir

Исполнитель

Lola

Исполнитель

Imron

Исполнитель